Bugun
26
O'zbek

Para Osiyo o‘yinlari. Norbekov, Akramova va Maʼrufxo‘jayev ham oltin medal keltirdi

Boshqalar
19 oktabr, 07:25
O‘zbekistonlik para yengil atletikachilar nafaqat ustunlik qilmoqda, balki rekordlar ham o‘rnatmoqda.
Para Osiyo o‘yinlari. Norbekov, Akramova va Maʼrufxo‘jayev ham oltin medal keltirdi
Foto: Paralympic uz

Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tkazilayotgan Para Osiyo o‘yinlarining ilk kuni O‘zbekiston uchun medallarga boy bo‘lmoqda.

Para yengil atletika bahslarida erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish finalida ishtirok etgan Husniddin Norbekov 16,04 metr natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi va O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Husniddin Norbekov
Foto: Paralympic uz

Ayollar o‘rtasida F32 klassida klab uloqtirish finalida ishtirok etgan Mahliyo Akramova 24,08 metr natija bilan birinchi o‘rinni egallab, Para Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.

F37 toifasida yadro uloqtirish bahslarida esa O‘zbekiston vakillari oltin va kumush medallarga ega chiqishdi. Qudratillo Maʼrufxo‘jayev 16,66 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi va Para Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. Tolibboy Yo‘ldoshev esa 15,79 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Qudratillo Maʼrufxoʼjayev
Foto: Paralympic uz

Shuningdek, erkaklar o‘rtasida T47 klassida uzunlikka sakrash finalida ishtirok etgan Omadbek Hasanov 6,99 metr natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar