Live
17
O'zbek

«Bavariya» Olmo transferi bo‘yicha bir qarorga kelmadi

Futbol
18 oktabr, 06:53
Myunxen klubi «Barselona» yarimhimoyachisini qishki transfer oynasida sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Bavariya» Olmo transferi bo‘yicha bir qarorga kelmadi
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» yarimhimoyachisi Dani Olmo «Bavariya»ning diqqat markazida turibdi. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, myunxenliklar hozircha futbolchini qishki transfer oynasida sotib olishga urinish yoki urinmaslik borasida yakuniy qarorga kelmagan.

Olmoga Angliya Premyer-ligasining ikki klubi — «Chelsi» va «Tottenhem» ham qiziqish bildirmoqda. Shu sababli ispaniyalik futbolchining kelajagi transfer bozoridagi muhokama mavzularidan biriga aylanishi mumkin.

28 yoshli yarimhimoyachi 2024-yilning yozidan buyon «Barselona» safida o‘ynab kelmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Olmoning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar