Maykl Kerrikning «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko‘paymoqda. Indykaila News ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» rahbariyati uning o‘rniga munosib nomzod topilganidan keyingina murabbiy bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Manbaning xabar berishicha, Kerrik «Manchester Yunayted»ni tark etgan taqdirda, «Bornmut» va «Fulhem» klublari uni o‘z jamoasida bosh murabbiy sifatida ko‘rishni istamoqda. Hozircha bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Kerrik boshchiligidagi «Manchester Yunayted» bugun, 18-oktyabr kuni safarda «Lids»ga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.