Live
4
O'zbek

Kerrik bugun o‘z vazifasidan ozod etilishi mumkin

Futbol
18 oktabr, 02:58
«MYU» ustozi taqdiri «Lids» bilan o‘yin natijasiga bevosita bog‘liq.
Kerrik bugun o‘z vazifasidan ozod etilishi mumkin
Foto: Gettyimages
18.10.2026, 09:00 Angliya Premer-ligasi Lids Lids - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik tez orada ishdan bo‘shatilishi mumkin.

The Touchline nashrining xabar berishicha, 45 yoshli mutaxassis lavozimni saqlab qolish uchun Premer-liga 7-turi doirasidagi «Lids»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishi shart. Bahs bugun, 18-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 18:00da start oladi.

«Qizil iblislar» Angliya chempionati turnir jadvalida olti turdan so‘ng oltita ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi. Maykl Kerrik shu yilning yanvar oyida ishdan bo‘shatilgan Ruben Amorim o‘rniga jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan edi. Yozda angliyalik sobiq futbolchi klub bilan shartnomani 2028-yilgacha uzaytirgan.

Ma’lumot uchun, «Lids» ana shu 6 turda 9 ochko jamg‘arib, 8-pog‘onani egallab turibdi. O‘z navbatida, Deniel Farke shogirdlari g‘alaba qozongan taqdirda, 5-o‘rindagi «Liverpul»ga yetib olishadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lids Lids
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar