Live
4
O'zbek

Jag‘i singan Martines aloqaga chiqdi

Futbol
18 oktabr, 03:33
    4
«Chelsi»ning argentinalik kiperi APL o‘yini vaqtidagi to‘qnashuv natijasida jag‘ suyagi singan edi.
Jag‘i singan Martines aloqaga chiqdi
Foto: Gettyimages

Darvozabon Emiliano Martines jag‘i singan holda shifoxonaga yotqizilganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda ilk bor aloqaga chiqdi. Argentinalik futbolchi muxlislarga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi.

«Xabarlaringiz uchun barchangizga rahmat. Operatsiya yaxshi o‘tdi. Eng muhimi, biz g‘alaba qozonib, darvozamizdan gol o‘tkazib yuborganimiz yo‘q. Bir necha haftadan so‘ng, safga qaytaman», - deb yozdi Martines ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Darvozabon Angliya Premer-ligasining 7-turida «Everton»ga qarshi o‘yinda (2:0) jarohat oldi. Ikkinchi bo‘limda jarima zarbasidan keyin u raqib markaziy himoyachisi Jarred Brentueyt bilan to‘qnashib, maydonga yiqildi. Shifokorlar taxminan 10 daqiqa davomida darvozabonga birinchi yordam ko‘rsatishdi, shundan so‘ng uni zambilda maydondan olib chiqib ketishgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar