Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor mehnat va o‘ziga ishonish haqida post e’lon qildi.
Irlandiyalik jangchi tizzasidan olgan jarohatidan uch oy o‘tib X ijtimoiy tarmog‘ida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. Ushbu jarohat uning UFC 329 turnirida Maks Holloueyga qarshi jang orqali qaytishiga to‘sqinlik qilgan edi.
«Iste’dodim yo‘q. Men o‘z ishimni chin dildan bajaraman. Odamlar oktagonga chiqishlarimiz va nokautlarimizni ko‘radi. Lekin barcha mehnatni: erta uyg‘onishlar, muvaffaqiyatsizliklar va taslim bo‘lish osonroq bo‘lgan paytlarda ham oldinga yurish qarorlarini ko‘rmaydi.
O‘zimni tayyor his qilishimni kutib o‘tirmadim. Tayyor bo‘lishga qaror qildim. O‘zingga ishon. Mehnat qil. Maqsadingga chin dildan harakat qil», — deb yozdi Makgregor.
Jangchi o‘z murojaatida natijalar ortidagi kundalik mehnat va qiyinchiliklarga qaramay davom etish muhimligini ta’kidladi.