AQShning Las-Vegas shahrida UFC 329 turniri bo'lib o'tdi.
Turnirning asosiy jangida UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor yarim engil vazn (65 kg gacha) bo'yicha sobiq chempion, amerikalik Maks Holloeyga qarshi revansh jangini o'tkazdi.
Jang birinchi raundda Holloeyning g'alabasi bilan yakunlandi. Makgregor jangning dastlabki soniyalarida sirpanib ketib, oyog'idan jarohat oldi.
Ma'lumot o'rnida, ikki jangchi o'rtasidagi ilk to'qnashuv 2013 yilda bo'lib o'tgan va unda Makgregor hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan g'alaba qozongandi.
Bu Makgregor uchun besh yillik tanaffusdan keyingi ilk jang bo'ldi. U so'nggi marta 2021 yil iyul oyida oktagonga chiqqandi. Holloey esa 2025 va 2026 yillarda ikkita jang o'tkazib, Dastin Porieni mag'lub etdi va Charlz Oliveyraga yutqazdi.
Endi Konor hisobida 22 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor. Maks esa 27 ta g'alaba va 9 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Turnirning boshqa janglarida qayd etilgan natijalar:
- Peddi Pimblett (24-4) 1-raundda Benoa Sen-Denini (17-4) bo'g'ish usuli bilan mag'lub etdi.
- Kori Sendhagen (18-7) Mario Bautistaga (18-3) hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori (28:29, 28:29, 28:29) bilan mag'lub bo'ldi.
- Brendon Royval (18-9) 3-raundda Lone Kavanani (10-2) bo'g'ish usuli bilan mag'lub etdi.
- King Grin (36-17-1) 1-raundda Terrens Makkinnini (18-9) nokautga uchratdi.
- Robert Uitakker (28-9) 3-raundda Nikita Krilovni (31-12) nokautga uchratdi.
- Geybl Stivson (4-0) 1-raundda Elaysha Ellisonni (5-3) nokautga uchratdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi