«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoa darvozaboni Alisson Bekkerning kelajagi haqida fikr bildirdi. Braziliyalik posbonning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida yakunlanadi.
«Alisson uchun ushbu mavsum oxirgisi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Bu savolni uning o‘ziga bergan ma’qul. Umid qilamanki, unday bo‘lmaydi va u yana bir muddat biz bilan qoladi», — deya Iraolaning so‘zlarini insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.
Ma’lumot uchun, Alisson Bekker 2018-yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Braziliyalik darvozabon mersisaydliklar safiga «Roma»dan 72 million yevro evaziga o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Alisson «Liverpul» bilan ikki marta Angliya chempionligini hamda bir bor UEFA Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan.