Bugun
53
O'zbek

Iraola: «Himoyada ishonchli o‘ynashimiz kerak bo‘lgan vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik»

Futbol
4 noyabr, 17:31
Mersisaydliklar ustozi jamoasining mag‘lubiyati haqida gapirdi.
Iraola: «Himoyada ishonchli o‘ynashimiz kerak bo‘lgan vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik»
Фото: Getty Images
04.11.2026 FT Chempionlar ligasi Fenerbahche Fenerbahche 3 : 2 Liverpul Liverpul

«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Andoni Iraola Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-turidan o‘rin olgan «Fenerbahche»ga (2:3) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Fenerbahche» standart vaziyatlardan foydalanish borasidagi eng xavfli jamoalardan biri ekanini yaxshi bilardik. Ammo baribir jarima zarbasi, burchak to‘pi va hatto uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritishdan keyin gol o‘tkazib yubordik. Bu gollar bizga juda og‘ir botdi. Chunki o‘yin davomida ikki marta hisobda oldinga chiqdik, uchrashuv sur’atini nazorat qildik va hujumda o‘z imkoniyatlarimizni yaratdik. Biroq keyinchalik himoyada ancha ishonchliroq harakat qilishimiz kerak bo‘lgan vaziyatlarda gol o‘tkazib yubordik.

Albatta, natijadan juda qattiq xafa bo‘ldim. Chunki ushbu stadionda har qanday raqibga qarshi o‘ynash qiyin. Uchrashuvning katta qismida g‘alabani qo‘lga kirita olishimizga ishonchimiz komil edi, ammo buni uddalay olmadik.

Ayniqsa, birinchi va uchinchi gollarni o‘tkazib yuborganimiz alamli bo‘ldi. Jarima zarbasi ijro etilgan vaziyatda devorni noto‘g‘ri tashkil qildik. Hal qiluvchi golda esa Vedat Muriki havodagi kurashda bir yo‘la uch nafar himoyachimizdan ustun keldi. Bunday vaziyatlarda biz shunchaki yaxshiroq harakat qilishimiz shart», — deya Iraolaning so‘zlarini BBC nashri keltirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
  • Liverpul Liverpul
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar