«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-turidan o‘rin olgan «Leypsig»ga qarshi uchrashuvda navbatdagi golini kiritib, musobaqadagi gollari sonini 62 taga yetkazdi.
Norvegiyalik forvard «shaharliklar»ning g‘alaba goliga mualliflik qildi. Erling bu natijaga erishish uchun 61 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Holand bu mavsumda Chempionlar ligasining 4 ta uchrashuvida 5 ta gol muallifi bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» umumiy bosqich turnir jadvalida 9 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. Bu bahsda Abduqodir Husanov ham maydonda to‘liq harakat qildi.
5-tur doirasida «Manchester Siti» 24-noyabr kuni o‘z maydonida «Napoli» klubini qabul qiladi.