Qarshining «Nasaf» klubi OChL 2 da ajoyib kambek namoyish eta oldi. Mehmonda «Quvayt SK»ga qarshi uchrashuv vakillarimiz uchun murakkab boshlandi. Chunki Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi sust boshladi va natijada birinchi bo‘limda ikkita gol o‘tkazib yubordi.
Lekin ikkinchi taymda «Nasaf» to‘liq va har tomonlama o‘zgardi. Bosh murabbiy kutilganidek, o‘yinda va tarkibda taktik o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Natijada 2:0 ni 2:3 ga aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Muhim g‘alaba tufayli keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini o‘zida saqlab qoldilar.
Mana shunday ajoyib va yoqimli g‘alabadan keyin «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida shunday dedi:
- Assalomu alaykum. Biz chiroyli g‘alabaga erishdik. Bundan juda ham xursandmiz. Barchaga tabrik uchun katta rahmat.
O‘yinning 15 daqiqalarini e’tiborsiz o‘ynaganimiz uchun darvozamizdan ikkita to‘p o‘tkazib yubordik.
Shunga qaramasdan taktik o‘zgartirishlarimiz va o‘yinchilarni o‘zgartirishlarimiz qo‘l keldi. Natijada muhim g‘alabaga erishdik», - deya Berdiyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Ro‘ziqul Berdiyev: «Taktik va o‘yinchilarni o‘zgartirganimiz qo‘l keldi»
Eksklyuziv
5 noyabr, 00:02
Berdiev matbuot anjumanida shunday dedi:
Фото: Насаф ПФК
04.11.2026
FT
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
Kuwait SC
2
:
3
Nasaf Qarshi