Live
16
O'zbek

Superliga. «Surxon» va «Nasaf» voha derbisida durang o‘ynadi

Futbol
31 oktabr, 09:55
    7
Termizda kechgan bahsda jamoalar bittadan gol urdi. «Nasaf» esa o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi.
Superliga. «Surxon» va «Nasaf» voha derbisida durang o‘ynadi
Foto: Surxon FK

Superliganing 26-turida «Surxon» o‘z maydonida «Nasaf»ni qabul qildi. Voha derbisi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

66-daqiqada Tornike Zebniauri Komronbek Yusupov uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Oradan yetti daqiqa o‘tib, Sardorbek Baxromov Bobir Abdixoliqovning pasidan keyin muvozanatni tikladi. 84-daqiqada «Nasaf» yarimhimoyachisi Murodbek Rahmatov qizil kartochka oldi.

O‘zbekiston Superligasi. 26-tur
Surxon — Nasaf 1:1
Gollar:
Zebniauri 66 — Baxromov 73.
Ogohlantirishlar: Baxromov 13, Gudushauri 50, Rahmatov 66, G‘ulomov 77, Abduhamidov 86, Berdiev 86.
Chetlatish: Rahmatov 84.

Surxon: Merganov, Shamsiyev, Tursunov (Abdullajonov, 63), Sherbutayev, Richard Emeka Freydi (Mirusmonov, 75), Ramazonov (Yusupov, 46), Oqtamov (Ashurboyev, 63), Zebniauri (Abduhamidov, 80), Shukurullayev, Musaxonov, Shaydulov.
Nasaf: Ne’matov, Davronov, Komilov (Muxitdinov, 58), G‘aybullayev (Eshmurodov, 34), Baxromov, Shala (Murtazayev, 90), Abdirahmatov, Abdixoliqov, Rahmatov, Otubanjo (G‘ulomov, 58), Gudushauri (Rustamov, 58).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar