Live
13
O'zbek

«Chelsi» «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skott uchun 100 million funtdan ko‘proq to‘lashga tayyor

Futbol
31 oktabr, 08:45
London klubi 23 yoshli futbolchini transfer qilish uchun katta mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda.
«Chelsi» «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skott uchun 100 million funtdan ko‘proq to‘lashga tayyor
Foto: Getty Images

«Chelsi» «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skottni xarid qilish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. London klubi 23 yoshli futbolchi transferi uchun 100 million funtdan (120 million yevro) ko‘proq to‘lashga tayyor. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Skott hali kelajagi borasidagi qarorini «Bornmut» rahbariyatiga ma’lum qilmagan. Biroq «Chelsi» unga manfaatli shartlarni taklif qila olishiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, Skott ushbu mavsumda barcha musobaqalarda oltita bahsda qatnashib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Bornmut Bornmut
Bugungi yangiliklar