«Chelsi» «Barselona» himoyachisi Jyul Kundeni qishki transfer oynasida sotib olishni rejalashtirmoqda. The Touchline xabariga ko‘ra, ushbu transfer tashabbusi London klubi bosh murabbiyi Xabi Alonsodan chiqqan.
Ispaniyalik mutaxassis himoya chizig‘iga tajriba va sifat qo‘sha oladigan futbolchini olib kelishni istamoqda. Bu ehtiyoj Maksans Lakrua «Liverpul»ga qarshi bahsda sonining orqa mushaklaridan jarohat olganidan keyin yanada dolzarb tus olgan.
Kunde 2022-yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli fransiyalik himoyachining Transfermarkt portalidagi bozor qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.