Live
13
O'zbek

Sneyder: «2010-yilda mendan «Oltin to‘p»ni tortib olishdi»

Futbol
31 oktabr, 08:00
Niderlandiyalik sobiq futbolchi o‘sha yili nufuzli sovringa loyiq bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Sneyder: «2010-yilda mendan «Oltin to‘p»ni tortib olishdi»
Foto: Getty Images

«Inter» va Niderlandiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Uesli Sneyder 2010-yilda «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kirita olmaganini adolatsizlik deb hisoblashini aytdi.

«Ha, men o‘zimga tegishli bo‘lgan «Oltin to‘p»dan mahrum qilindim. Ammo rostini aytsam, hozir odamlar menga: «Uesli, 2010-yilda sendan sovrinni tortib olishgan», deyishayotganidan xursandman. Men «Oltin to‘p»ni nohaq qo‘lga kiritganim haqidagi gaplardan ko‘ra, buni eshitishni afzal bilaman», — deya Sneyderning so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, 2010-yilda «Oltin to‘p» «Barselona» va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messiga nasib etgan. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Sneyder to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Uning oldidan Andres Inyesta va Xavi joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Sneyder 2010-yilda «Inter» safida Chempionlar ligasi, Italiya chempionati va Italiya kubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, Niderlandiya milliy jamoasi bilan jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan.

Bugungi yangiliklar