«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Chempionlar Ligasining 4-turida «Lans» ustidan qozonilgan yirik g‘alaba (9:1)ga munosabat bildirdi.
«Bu biz uchun juda quvonchli oqshom bo‘ldi. Futbolda shunday holatlar bo‘ladi, bugun hammasi foydamizga ishladi. Lekin hozirdanoq yakshanba kuni «Inter»ga qarshi o‘yinni o‘ylayapmiz.
Bu «Komo», muxlislar va futbolchilarimiz uchun ajoyib kecha. Biroq havolanib ketmasligimiz kerak.
Kamtarlikni saqlab, qattiq mehnat qilishda davom etishimiz lozim. Gol o‘tkazib yuborganimizdan jahlim chiqdi», — dedi murabbiy.
Shuningdek, Fabregas bo‘lajak uchrashuvlar haqida ham gapirib o‘tdi.
«Musobaqa boshida imkon qadar ko‘proq ochko to‘plash muhim edi. Oldinda hali ko‘p o‘yinlar bor. Jarohat sabab bir qator futbolchilarimiz maydonga tusha olmayapti.
«Inter»ga qarshi bor kuchimizni sarflaymiz, keyin esa biroz dam olishga harakat qilamiz», — dedi Sesk Sky Sport efirida.