Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turida «Manchester Siti» Germaniyada «Leyptsig» bilan bellashdi. Gollar shousiga aylangan bahsda «shaharliklar» 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Lukeba (avtogol), Fernandes va Holand inglizlar safida gollar muallifiga aylandi.
Bu bahsda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Mareska jamoasi ochkolari sonini 9 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Buqalar» esa 3 ochko bilan 31-o‘rinda.
YChL. 4-tur
Leyptsig – Manchester Siti 2:3
Gollar: Baku 49, Nusa 61 – Lukeba 37 avtogol, Fernandes 58, Holand 78
Leyptsig – Vandervordt, Orban, Kastello, Raum, El Aynaoui (Zeyvald, 74), Baumgartner (Nkunku 57), Gruda, Nusa, Banzuzi, Romulo (Gomis 67), Baku
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes (Dias, 79), Husanov, Gehi, O’Rayli, Anderson (Buaddi, 83), Fernandes (Kovachich, 83), Foden (Doku, 64), Ndiay (Elliас, 83), Sherki, Holand.
Ogohlantirishlar: Baumgartner 17, Baku 33, El Aynaoui 48, Raum 77
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi