OChL 2 doirasidagi «Quvayt SK» va «Nasaf» o‘rtasidagi bellashuvda mehmonlar kambek qilishdi va 2:0 hisobidagi mag‘lubiyatni yakunda 2:3 ko‘rinishidagi g‘alabaga aylantirishdi. O‘yinda esa Bobur Abdiholiqov dublga erishdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
G‘alabaga katta hissa qo‘shgan ushbu hujumchi bir kun oldingi matbuot anjumanida qatnashib, asosiy maqsad g‘alaba qozonish ekanligini ta’kidlagandi va buni uddalashdi.
Bellashuvdan keyin u uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida quyidagilarni aytdi:
- G‘alabamizning bosh sababchisi bosh murabbiyimiz. Chunki o‘yindan bir kun oldin har qanday holatda ham umid uzmasligimizni, g‘alaba qozonishimizni ta’kidladilar. O‘yinda har xil holat bo‘lishi mumkinligini, ammo shunga qaramasdan g‘alaba uchun borimizni berishimizni aytgandilar.
Bir kun oldin bizni shunday deb ruhlantirdilar va g‘alabamizning sababi shu deb o‘ylayman. Xarakter ko‘rsatdik. Bosh murabbiyimizda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq va xarakter bor edi. Buni bizga o‘tkazdi va Xudoga shukrki, g‘alaba qozona oldik.
- O‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lganingizdan keyin o‘zingizni qanday his qilyapsiz?
- G‘alabadan keyin hamma narsa yaxshi bo‘ladi. Eng muhimi yutishimiz kerak edi, shuni uddaladik», - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Bobur Abdiholiqov: «G‘alabamizning bosh sababchisi bosh murabbiyimiz»
Eksklyuziv
5 noyabr, 00:05
U uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida quyidagilarni aytdi:
Фото: Насаф ПФК
04.11.2026
FT
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
Kuwait SC
2
:
3
Nasaf Qarshi