Ertaga OChL 2 musobaqasining navbatdagi turida Qarshining «Nasaf» klubi safarda «Quvayt SK»ga qarshi maydonga tushadi. O‘tgan turda Qarshida ushbu raqibiga mag‘lub bo‘lgan «Nasaf»ning oldida g‘alaba qozonishdan boshqa yo‘li qolmagan.
Mana shunday muhim o‘yin oldidan bugun tashkil qilingan matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa hujumchisi Bobur Abdiholiqov ishtirok etdilar.
Ro‘ziqul Berdiyev: - «Quvayt SK» o‘tgan o‘yinda juda kuchli jamoaligini ko‘rsatdi. Shu bois biz ertangi juda og‘ir va muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Jamoamiz uchun ertangi o‘yin ruhiy hamda jismoniy jihatdan nihoyatda muhim. Negaki, bizni qiyin o‘yin kutib turibdi.
Aytib o‘tganimdek, bu o‘yin biz uchun juda muhim. Oxirgi imkoniyatlarimizdan biri. Bundan, albatta, naf chiqarishga harakat qilamiz. Oldingi o‘yindagi kabi himoyadagi xatolarni va hujumdagi o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak bo‘ladi. Ta’kidlaganimdek, raqibimiz ancha jiddiy. Bu biz uchun oxirgi imkoniyat. Natija biz xohlagandek bo‘lmasa, bu turnir bilan xayrlashishimizga to‘g‘ri keladi.
Bizda yo‘qotishlar. Ertangi uchrashuvga barcha o‘yinchilarimiz tayyor.
Bobur Abdiholiqov: - Assalomu alaykum. Ertaga bizni muhim o‘yin kutib turibdi. Biz uchrashuvga tayyormiz. O‘zimizga kerakli bo‘lgan natija uchun harakat qilamiz va muxlislarimizni xursand qilamiz.
Ertaga bizning vazifamiz faqat g‘alaba qozonish. Buning uchun maksimal darajada bor kuchimizni beramiz. O‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz», - deya Berdiyev va Abdiholiqovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Ro‘ziqul Berdiyev: «Bu biz uchun oxirgi imkoniyat»
Eksklyuziv
3 noyabr, 12:13
2
Berdiyev va jamoa hujumchisi Bobur Abdiholiqov matbuot anjumanida ishtirok etdilar.
Фото: Насаф ПФК
04.11.2026, 11:00
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
Kuwait SC
-
:
-
Nasaf Qarshi
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi