Live
3
O'zbek

Gravenberh «Fenerbahche»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Futbol
3 noyabr, 12:43
«Fenerbahche» — «Liverpul» uchrashuvi 4-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Gravenberh «Fenerbahche»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Фото: Getty Images
04.11.2026, 12:45 Chempionlar ligasi Fenerbahche Fenerbahche - : - Liverpul Liverpul

«Liverpul» yarim himoyachisi Rayyan Gravenberh Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turi doirasida «Fenerbahche»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Klub rasmiy sayti xabar berishicha, niderlandiyalik 24 yoshli futbolchi tovonidagi jarohat sababli Istanbulga yo‘l olgan delegatsiya tarkibiga kiritilmagan.

Gravenberh davolanishni davom ettirish uchun mashg‘ulotlar markazida qoladi. U tibbiyot shtabi nazorati ostida tiklanish jarayonini o‘taydi.

Avvalroq «Liverpul» yana bir futbolchisi Jeremi Frimpongni mushak jarohati tufayli yo‘qotgan edi. Shuningdek, tizzasidan operatsiya o‘tkazgan Konor Bredli hamda tizzasidagi xochsimon bog‘lamlardan og‘ir jarohat olgan Jovanni Leoni ham tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Fenerbahche» — «Liverpul» uchrashuvi 4-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
  • Liverpul Liverpul
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar