Live
3
O'zbek

«Fenerbahche» Konseysauni bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin

Futbol
2 noyabr, 17:19
Konseysauning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi bo‘lgan.
«Fenerbahche» Konseysauni bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin
Фото: Getty Images

«Fenerbahche» klubi portugaliyalik mutaxassis Serjio Konseysauni taklif qildi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya klubi allaqachon 51 yoshli murabbiy bilan aloqaga chiqqan va unga jamoani boshqarishni taklif qilgan. Tomonlar o‘rtasida ikki yillik shartnoma tuzish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Fenerbahche»ning avvalgi bosh murabbiyi Ismoil Kartal «Galatasaroy»ga qarshi derbidagi mag‘lubiyatdan so‘ng klubni tark etgan edi.

Avvalroq uning o‘rniga Dirk Kuyt jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Ma’lumot uchun, Konseysauning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi bo‘lgan.

Portugaliyalik mutaxassis faoliyati davomida «Nant», «Braga», «Milan» va «Portu» jamoalarini boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar