Niderlandiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Dirk Kuyt Turkiyaning «Fenerbahche» klubining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda istanbulliklarning rasmiy sayti xabar berdi.
«Ismoil Kartal ketganidan so‘ng klubimiz yangi bosh murabbiy topguniga qadar Dirk Kuytni asosiy jamoa uchun mas’ul etib tayinladi», — deyiladi klub bayonotida.
46 yoshli Kuyt 2026-yil iyun oyida Ismoil Kartalning murabbiylar shtabiga qo‘shilgandi. U avval Niderlandiyaning «Dordrext», Belgiyaning «Bersxot» klublarida ishlagan.
Dirk futbolchilik faoliyatini 2017-yilda yakunlagan. U «Fenerbahche» safida futbolchi sifatida 2013/2014-yilgi mavsumda Turkiya chempioni bo‘lgan. Sobiq hujumchi «Liverpul» va «Feyenoord» jamoalaridagi o‘yinlari bilan tanilgan.
Dirk Kuyt — «Fenerbahche»ning vaqtinchalik bosh murabbiyi
Futbol
28 oktabr, 09:10
7
46 yoshli sobiq hujumchi bungacha jamoaning murabbiylar shtabida yordamchi edi.
Foto: Fenerbahce SK
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi