France Football jurnali tomonidan topshiriladigan «Oltin to‘p» mukofotiga 2026-yilda «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, ushbu sovrinni uzoq vaqtdan beri darvozabon va himoyachilar yuta olishmayapti.
Mukofotni qo‘lga kiritgan so‘nggi himoyachi — Fabio Kannavaro. Hozirda O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarayotgan italiyalik sobiq futbolchi 2006-yilda ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan.
Darvozabonlar orasida esa «Oltin to‘p»ni faqat Lev Yashin qo‘lga kiritgan. Rossiyalik sobiq posbon 1963-yilda ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.
«Oltin to‘p»ni 2006-yildan beri himoyachilar, 1963-yildan buyon darvozabonlar yutolmayapti
Futbol
28 oktabr, 10:10
Sovrinni so‘nggi bor qo‘lga kiritgan himoyachi — O‘zbekiston bosh murabbiyi Kannavaro sanaladi.
Foto: Getty Images