25 oktyabr, yakshanba kuni, «Real» La Liga navbatdagi turi doirasida safarda kataloniyaning «Barselona» klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Federiko Valverde birinchi bo‘limdayoq og‘riq his qila boshladi, ammo o‘yinni davom ettirdi. Bosh murabbiy Joze Mourinio urugvaylikni ikkinchi bo‘limdagina zaxiraga olishga qaror qildi.
The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, «Real» qarorgohida o‘tkazilgan dastlabki tekshiruvlar Valverdeda jiddiy jarohat yo‘qligini ko‘rsatdi. Mourinio yaqin bir necha kun davomida futbolchining holatini kuzatib boradi. Agarda Fede 100% tayyor bo‘lmasa, u La Ligada «Rasing»ga qarshi (1 noyabr) bahsda dam oladi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» 24 ochko bilan Ispaniya chempionati musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinni band etib turibdi. Yetakchi «Barselona» hisobida esa 10-turdan keyin 27 ochko bor.