Kilian Mbappe Xitoy uchun mo‘ljallangan FC Online va eFootball PES futbol simulyatorlari versiyalaridan olib tashlanadi. Bunga «Real» futbolchisining XX asrdagi Xitoy Kommunistik partiyasi yetakchisi Mao Szedun haqidagi so‘zlari sabab bo‘lgan.
Bir necha kun oldin 27 yoshli futbolchi yuzini «Xitoy diktatori» qiyofasiga qo‘ygan memni eng kulgilisi deb atagandi. Ko‘p o‘tmay, Dongpeng va Mengniu kompaniyalari futbolchi bilan tuzilgan reklama shartnomalarini bekor qildi. Kompaniyalar bu qaror orqali milliy tuyg‘ularni haqorat qiluvchi xatti-harakatlarga nisbatan mutlaqo murosasiz siyosat yuritishlarini ko‘rsatishdi.
Mbappening oʻzi ham, Madrid klubi ham aytilgan soʻzlar uchun uzr soʻrab chiqdi.
Mbappe Xitoydagi futbol simulyatorlaridan olib tashlandi
Futbol
28 oktabr, 10:35
40
Endi «Real» hujumchisini Xitoydagi FC Online va eFootball PES o‘yinlaridan topa olmaysiz.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi