Londonning «Tottenhem» klubi Ispaniyaing «Vilyarreal» jamoasi qanot himoyachisi Aleks Frimenni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda TEAMtalk jurnalisti Grem Beyli xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar 22 yoshli futbolchini Pedro Porroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda va ispaniyalik jamoani tark etsa, Aleks transferi bo‘yicha ishlar faollashtiriladi. Pedroning xizmatlariga «Real», «Barselona», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Manchester Siti» klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Frimen barcha musobaqalarni inobatga olganda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Uning «Vilyarreal» bilan amaldagi shartnomasi-2032-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali amerikalik himoyachining aktual transfer narxini 15 million yevroga baholamoqda.