Bugun
24
O'zbek

«Tottenhem» Pavlidis uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
26 oktabr, 04:01
Hujumchiga «Aston Villa», «Yuventus», «Milan», «Atletiko» va «Barselona» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
«Tottenhem» Pavlidis uchun kurashga qo‘shildi
Фото: Getty Images

«Tottenhem» klubi «Benfika» hujumchisi Vangelis Pavlidisni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Pavlidis hozircha «taqachilar» uchun asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. London klubi gretsiyalik futbolchini qishki transfer oynasidayoq olishga urinishi mumkin.

Shu bilan birga, «Benfika» hozircha muzokaralarga shoshilmayapti va ingliz klubiga aniq shart qo‘ygan: Pavlidis faqat 100 million yevro miqdoridagi kelishilgan to‘lov to‘liq qoplangandagina qo‘yib yuboriladi.

Qayd etilishicha, hujumchiga «Aston Villa», «Yuventus», «Milan», «Atletiko» va «Barselona» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsumda Pavlidis barcha turnirlar doirasida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar