Live
14
O'zbek

Alonso: «Chelsi» yana Chempionlar ligasi va APLda g‘olib chiqishni istaydi»

Futbol
24 oktabr, 07:15
Londonliklar bosh murabbiyi klubning uzoq muddatli maqsadlari haqida gapirdi.
Alonso: «Chelsi» yana Chempionlar ligasi va APLda g‘olib chiqishni istaydi» 
Foto: Getty Images
24.10.2026, 12:30 Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi - : - Tottenhem Tottenhem

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning kelajakdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis Sky Sports nashriga bergan intervyusida London klubining yana Angliya chempionligi va Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashishini istashini aytdi.

«O‘rta va uzoq muddatli istiqbolda — ha. Bu klubning maqsadi. «Chelsi» unchalik uzoq bo‘lmagan vaqt ichida Chempionlar ligasi va Angliya Premyer-ligasida g‘olib chiqqan. Biz ham shu darajaga qaytishni istaymiz», — dedi Alonso.

Murabbiy bu maqsadlarga erishish uchun vaqt kerakligini, shuningdek, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish muhimligini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» oxirgi marta Angliya chempionligini 2017-yilda qo‘lga kiritgan. O‘shanda jamoani Antonio Konte boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» 2021-yilda Tomas Tuxel boshqaruvida Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar