Huquqlari «Komo»ga tegishli bo‘lgan argentinalik yarimhimoyachi Niko Pas Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, «Manchester Yunayted» futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. «Qizil iblislar» 22 yoshli yarimhimoyachini Bruno Fernandeshning uzoq muddatli vorisi sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Pasga qiziqish bildirgan klublar orasida Madridning «Real», Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari ham bor.
Argentinalikning «Komo» bilan shartnomasi 2028-yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Yarimhimoyachining bozor qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.