Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yaqin vaqtlar ichida bosh murabbiy lavozimiga boshqa mutazassisni taklif qilishi mumkin. «Qizil ibislar» bilan yonma-yon tilga olinayotgan murabbiylar ichida germaniyalik Yulian Nagelsmann ham bor. O‘z navbatida, Germaniya milliy jamoasi sobiq darvozaboni va sardori Oliver Kan bu haqda fikr bildirdi.
«Manchester Yunayted» — deyarli har bir murabbiy so‘nggi yillarda ertami-kechmi muvaffaqiyatsizlikka uchragan klub. Qayerga o‘tayotganingizni juda yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. «Manchester Yunayted» Nagelsmann uchun to‘g‘ri qadammi yoki yo‘qmi, buni faqat uning o‘zi hal qilishi mumkin», - deya Oliver Kan so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, 7 o‘yinda 7 ochko jamg‘argan «Manchester Yunayted» Angliya chempionati onlayn jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.