Live
8
O'zbek

Ronaldu barcha davrlarning «Oltin to‘pi» uchun kurashda katta farq bilan yetakchilik qilmoqda

Futbol
23 oktabr, 10:21
«Oltin to‘p» sovrini saytida barcha davrlarning «Oltin to‘pi» uchun ovoz berish haqida ma’lumot e’lon qilindi.
Ronaldu barcha davrlarning «Oltin to‘pi» uchun kurashda katta farq bilan yetakchilik qilmoqda
Foto: Gettyimages

Ovoz berishda tarixda kamida ikki marta nufuzli mukofotni qo‘lga kiritganlar ishtirok etmoqda.

Ayni paytda Krishtianu Ronaldu katta farq bilan yetakchilik qilmoqda - u 75% ovozga ega. Gap portugaliyalik 2008-yilda «Manchester Yunayted» futbolchisi sifatida qo‘lga kiritgan «Oltin to‘p» haqida ketmoqda.

Ikkinchi o‘rinda Lionel Messi - uning 2012 yilgi «Oltin to‘pi» 9 foiz ovozga ega.

Kuchli uchlikni Ronalduning yana bir «Oltin to‘pi» — 2017-yil yakunlab bermoqda. U hozircha 6 foiz ovozga ega.

Ma’lumot uchun, ovoz berish 27-oktyabr kuni tunda yakunlanadi, g‘olib keyingi kuni e’lon qilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, gap qandaydir rasmiy mukofot haqida ketmayapti.

«E’tibor bering: bu muxlislarning ishtiyoqini e’tirof etish uchun mo‘ljallangan xalq ovozi, u rasmiy mukofot emas», - deyiladi tashkilotchilar saytida.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi «Oltin to‘p» topshirish marosimi 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bugungi yangiliklar