Live
6
O'zbek

Onana Turkiyada yo‘l transport hodisasiga uchradi

Futbol
23 oktabr, 09:39
«Trabzonspor» klubi safida ijarada to‘p tepayotgan darvozabon noxush hodisaga duch keldi.
Onana Turkiyada yo‘l transport hodisasiga uchradi
Foto: Gettyimages

Transfer huquqi hamon Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga tegishli, ammo hozirda ijarada Turkiyaning «Trabzonspor» jamoasi sharafini himoya qilayotgan Andre Onana jiddiy YTH uchradi.

Voqeadan so‘ng, kamerunlik 30 yoshli futbolchini tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun shifoxonaga yetkazilgan.

The Touchline nashrining xabar berishicha, yo‘l transport hodisasi sodir etilgan vaqtda avtomobilda Onana va uning oila a’zolari bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, darvozabonning mashinasiga boshqa mashina katta tezlikda borib urilgan. Zarbadan futbolchining mashinasi oldinda ketayotgan mashina bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisa Shotlandiyaning «Xarts» jamoasiga qarshi Konferensiya ligasi doirasidagi o‘yindan so‘ng sodir bo‘lgan. 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan bellashuvda «Trabzonspor» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Bugungi yangiliklar