Live
8
O'zbek

Shirer Fernandesni tanqid qildi

Futbol
23 oktabr, 10:22
Brunu «Komo»ga qarshi bahsdan so‘ng Kerrikning taktikasini shubha ostiga olgandi.
Shirer Fernandesni tanqid qildi
Фото: Getty Images

«Nyukasl» afsonasi Alan Shirer «Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines va jamoa sardori Brunu Fernandesning so‘zlarini keskin tanqid qildi.

«Hafta davomida bo‘lib o‘tgan voqealarga e’tibor berib, nimalar bo‘layotganini bilib olish mumkin. Avvalroq Martines omma oldiga chiqib, klub rahbariyatini tanqid qildi. Ortida Brunu Fernandes maydondan keyin intervyu berib, murabbiyning taktikasiga qarshi gapirdi. Chunki «Komo»ga qarshi o‘yinda men Brunu tomonidan katta harakat, maydonda yugurish, kurashishni ko‘rmadim. Undan kutilgan mehnat va g‘ayratni sezmadim. Bir vaqtning o‘zida har bir futbolchi shaxs sifatida javobgarlikni ham his qilishi kerak. Fernandes – «Manchester Yunayted» sardori. U murabbiyi haqida shunday gaplarni omma oldida aytib, uni va shtabni noqulay ahvolga qo‘ya olmaydi, ayniqsa o‘zi juda yomon o‘yin ko‘rsatgan, mavsumni ham juda zaif boshlagan bir paytda», – dedi Shirer Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Chempionar ligasining 3-turida «Komo»ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bugungi yangiliklar