Live
8
O'zbek

Messi faoliyatidagi kulminatsion lahza qaysi ekanligini aytdi

Futbol
23 oktabr, 10:05
Hujumchi JCH-2022ni yodga oldi.
Messi faoliyatidagi kulminatsion lahza qaysi ekanligini aytdi
Foto: Gettyimages

«Inter Mayami»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jahon chempionati-2022dagi g‘alabasi u uchun professional futbolchilik faoliyatining eng yuqori cho‘qqisi ekanligini ma’lum qildi. O‘tgan yozda AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati-2026da Janubiy Amerika jamoasi finalgacha yetib bordi va u yerda Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Avvalroq Messi Argentina milliy jamoasidagi so‘nggi, xayrlashuv o‘yinini o‘tkazgan edi.

«Jahon chempionatidagi g‘alabam faoliyatimning eng yuqori cho‘qqisidir. Bu men uchun shunchaki orzu emas edi. Turnir finalida Fransiya milliy jamoasi darvozasiga kiritgan gollarim ahamiyati tufayli faoliyatimdagi eng muhim gollar bo‘ldi. Va, albatta, o‘yinning ahamiyati tufayli», - deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline nashri.

Avvalroq, Messi kelajak avlodlar o‘zini qanday eslashlarini istashi haqida gapirgani haqida xabar bergan edik.

Bugungi yangiliklar