Bugun
34
O'zbek

Kerrik va Kunya o‘rtasida janjal yuz berdi

Futbol
22 oktabr, 23:18
    40
«Komo» bilan o‘yin tanaffusida «MYu» bosh murabbiyi va hujumchisi o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan.
Kerrik va Kunya o‘rtasida janjal yuz berdi
Foto: Getty Images
21.10.2026 FT Chempionlar ligasi Komo Komo 4 : 1 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik va hujumchi Mateus Kunya o‘rtasida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Komo»ga (1:4) qarshi kechgan o‘yin tanaffusida keskin janjal yuz berdi. Bu haqda «qizil iblislar» to‘g‘risidagi yangiliklarni yorituvchi Sully xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, angliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchining o‘yinidan norozi bo‘lgan va ular kiyinish xonasida bir-biriga keskin gaplar aytgan. Kunya tanaffus paytida zaxiraga olinganidan qattiq g‘azablangan va buni bosh murabbiyga ochiq bildirgan.

Shuningdek, o‘yin yakunlanganidan keyin ham jamoadagi muhit o‘ta keskin bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

27 yoshli futbolchi 2025-yil yozidan buyon «Manchester Yunayted» safida to‘p tepmoqda. U bu mavsumda barcha musobaqalarda 11 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar