UFC’ning yarim yengil vazn toifasidagi amaldagi chempioni Pyotr Yan Merab Dvalishviliga qarshi jang rejasi haqida gapirdi.
«Men har doim jamoam belgilagan jang rejasiga amal qilishga, raqibni bosqichma-bosqich, metodik ravishda mag‘lub etishga harakat qilaman. Xuddi jarroh kabi, uni bo‘laklarga ajratib tashlayman.
Agar qulay imkoniyat tug‘ilib, uni nokautga uchratishning iloji bo‘lsa, albatta, shunday qilaman. Uning burnini yana sindiraman. Bu safar sug‘urta ham yordam bermaydi», — dedi Yan.
Eslatib o‘tamiz, Pyotr Yan va Merab Dvalishvili 24-oktabr kuni UFC 333 turniri doirasida chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi.
Pyotr Yan: «Dvalishvilining burnini yana sindiraman»
MMA
23 oktabr, 02:35
Yarim yengil vazn chempioni bo‘lajak jangining rejasi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images