Bugun
34
O'zbek

Taekvondo. Oʻzbekiston «Qatar Open» turnirida 6 ta medal qoʻlga kiritdi

Boshqalar
22 oktabr, 23:45
Svetlana Saidova turnirda «Eng yaxshi ayol sportchi» deb topildi.
Taekvondo. Oʻzbekiston «Qatar Open» turnirida 6 ta medal qoʻlga kiritdi
Foto: Olympic uz

Qatar poytaxtida taekvondo WT boʻyicha «Qatar Open» xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston jamoasi aʼzolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

🥇 Oltin medal:
-87 kg: Yodgorbek Joʻraboyev
+73 kg: Svetlana Saidova

🥈 Kumush medal:
-57 kg: Madina Mirabzalova

🥉 Bronza medal:
-74 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
-57 kg: Shabbona Abduvaliyeva
-62 kg: Mohidil Oʻktamjonova


Ahamiyatlisi, Svetlana Saidova musobaqada «Eng yaxshi ayol sportchi», qizlar esa «Eng yaxshi ayollar jamoasi» deb eʼtirof etildi.

Oʻzbekistonlik taekvondochilar umumjamoa hisobida Tunisdan keyin ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Bugungi yangiliklar