Bugun
34
O'zbek

Figu «El Klasiko» uchun taxminini aytdi

Futbol
23 oktabr, 00:55
    15
«Barselona» va «Real»da ham o‘ynagan sobiq futbolchi hisobni va kimlar gol urishini taxmin qildi.
Figu «El Klasiko» uchun taxminini aytdi
Foto: Getty Images
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi butun futbol olami «El Klasiko» bahsini kuzatadi — «Barselona» o‘z maydonida «Real»ni qabul qiladi. Faoliyati davomida har ikki jamoa safida ham to‘p tepgan Luis Figu bo‘lajak bellashuv uchun o‘z taxminini bildirdi.

«Prognozim? 2:2 hisobidagi durangni taxmin qilaman. Rafinya, Lamin Yamal, Jud Bellingem va Kilian Mbappe gol uradi.

«Barselona» — hujumkor jamoa, ular doimo gol urishadi. «Real» esa, shubhasiz, qarshi hujumlarda o‘z imkoniyatlarini qidiradi. Mbappe — bo‘sh hudud paydo bo‘lganda o‘zini ko‘rsata oladigan futbolchi. Menimcha, unda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ladi, chunki «Barselona» ko‘pincha himoya chizig‘ini yuqorida ushlab turadi»
, — deya Figuning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi o‘yin 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar