Bugun
45
O'zbek

Yamal «Oltin to‘p» marosimidan keyin bazm uyushtirishni rejalashtirdi

Futbol
22 oktabr, 06:15
«Barselona» vingeri sovrinni qo‘lga kiritsa, yaqinlari bilan Parijda g‘alabani nishonlamoqchi.
Yamal «Oltin to‘p» marosimidan keyin bazm uyushtirishni rejalashtirdi
Foto: Getty Images
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

«Barselona» vingeri Lamin Yamal 2026-yilgi «Oltin to‘p» sohibiga aylangan taqdirda, bu voqeani katta bazm bilan nishonlashni rejalashtirmoqda. Jurnalist Viktor Navarroning xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi marosimga yaqinlari bilan borish uchun xususiy samolyot band qilgan.

Manbaga ko‘ra, Yamal mukofotni qo‘lga kiritsa, Parijda bayram tadbirini ham uyushtirmoqchi. Biroq bu ma’lumotlar hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi «Oltin to‘p» topshirish marosimi 26-oktyabr kuni London shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Yamal mukofot uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Uning raqiblari orasida «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn ham bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar