«Real» darvozaboni Tibo Kurtua futbolchilik faoliyatini Madrid klubida yakunlash niyatida ekanini aytdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 34 yoshli darvozabon yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
«Men faoliyatimni shu yerda, «Real»da yakunlamoqchiman. Klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqinman», — dedi Kurtua.
Ma’lumot uchun, Kurtua 2018-yilda «Real» futbolchisiga aylangan. O‘shandan beri u jamoa safida 345 ta bahsda qatnashib, 339 ta gol o‘tkazib yuborgan va 131 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Kurtuaning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Madridliklar 25-oktyabr kuni Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. El-Klasiko Toshkent vaqti bilan 1:00 da boshlanadi.