O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Saudiya Arabistoni milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv 17 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanishi belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, Saudiya Arabistoni milliy jamoasi ayni vaqtda FIFA reytingida 55-pog‘onani band etib turibdi. Fabio Kannavaro bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi esa 59-o‘rindan joy olgan.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston.
17 noyabr, 20:30.
Doha, Qatar.

Foto: O‘FA
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi