Lionel Messi 2022-yilgi Jahon chempionatidagi g‘oliblik haqida o‘z fikrlarini bildirdi. O‘sha mundial finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan asosiy va qo‘shimcha vaqtda 3:3 hisobida durang o‘ynaganidan so‘ng penaltilar seriyasida g‘alaba qozongandi. Leo final bahsida ikkita gol urgan.
«Jahon chempionatidagi g‘alaba faoliyatimning eng kulminatsion cho‘qqisi bo‘ldi. Bu men uchun orzularimning ushalishidan ham ko‘proq ahamiyatga ega edi.
Finalda Fransiya darvozasiga urgan gollarim faoliyatimdagi eng muhimlari hisoblanadi. Buni o‘sha lahza va o‘yinning maqomini inobatga olgan holda aytyapman», — deya Messining so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 39 yoshli hujumchi Argentina milliy jamoasidagi xalqaro faoliyatini yakunlagandi.
Messi: «JChdagi g‘alaba faoliyatimdagi kulminatsiya bo‘ldi»
Futbol
22 oktabr, 22:30
54
Argentinalik hujumchi Fransiyaga urgan gollarini faoliyatidagi eng muhimlari deb hisoblaydi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi