Bugun
34
O'zbek

Saka yil oxirigacha maydonga qaytmasligi mumkin

Futbol
23 oktabr, 00:30
«Arsenal» vingeri «Bavariya» bilan o‘yinda mushaklaridan jarohat olgandi.
Saka yil oxirigacha maydonga qaytmasligi mumkin
Foto: Getty Images

«Arsenal» vingeri Bukayo Saka Chempionlar ligasida «Bavariya»ga (2:2) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda olgan jarohatidan so‘ng tibbiy tekshiruvdan o‘tdi.

Now Arsenal xabar berishicha, hozircha futbolchiga aniq tashxis qo‘yilmagan, ammo vaziyatning bir nechta ehtimoli mavjud.

Birinchi variant — birinchi darajali mushak cho‘zilishi. Bunday holatda 25 yoshli angliyalik taxminan ikki hafta maydonga tusha olmasligi mumkin.

Ikkinchi variant — ikkinchi darajali mushak uzilishi. Bu holatda futbolchining tiklanishi Rojdestvogacha cho‘zilishi mumkin.

Uchinchi darajali mushak uzilishi ehtimoli esa past baholanmoqda. Chunki Saka maydonni qo‘ltiqtayoqlarsiz, mustaqil ravishda tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, Saka hech qanday to‘qnashuvsiz jarohat oldi. Bu birinchi bo‘limda sodir bo‘ldi: futbolchi to‘pga oyog‘ini cho‘zib yetmoqchi bo‘ldi va keyin unga zarba berdi. Shundan so‘ng u o‘yinni davom ettira olmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar