Live
2
O'zbek

Haverts: «Bavariya»ga qarshi o‘ynash maroqli bo‘ldi»

Futbol
22 oktabr, 08:45
«Arsenal» hujumchisi YCHLdagi durangdan mamnunligini bildirdi.
Haverts: «Bavariya»ga qarshi o‘ynash maroqli bo‘ldi»
Foto: Getty Images
21.10.2026 FT Chempionlar ligasi Bavariya Bavariya 2 : 2 Arsenal Arsenal

«Arsenal» hujumchisi Kay Haverts Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Bavariya» bilan qayd etilgan 2:2 hisobidagi durang haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.

«Oxir-oqibat, bu adolatli natija bo‘ldi, deb o‘ylayman. Gol urish uchun yana bir nechta imkoniyatimiz bo‘ldi. Biroq «Bavariya» haqida ham shunday deyish mumkin. Ayniqsa, bu yerda o‘z o‘yin rejangga amal qilish qiyinligini hisobga olsak, ko‘rsatgan o‘yinimiz bilan faxrlansak arziydi. «Bavariya» Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Shu bois natijadan mamnun bo‘lishimiz mumkin, ammo ko‘proq narsaga erishishni istagandik.

Butun maydon bo‘ylab individual ta’qib qo‘llash, albatta, maroqli. Har bir bahsda bunday kurashlar bo‘lavermaydi. Menimcha, o‘yin davomida bu jihatda yaxshi harakat qildik va kurashlardan qochmadik. Futbolchilar maydonning barcha hududlarida bir-birini ta’qib qilsa, o‘yin baribir juda shiddatli va murakkab kechadi. Ammo maroqli bo‘ldi», — dedi Haverts.

Ma’lumot uchun, Myunxendagi bahsda «Arsenal» safida Eberechi Eze va Deklan Rays gol urdi. «Bavariya» tarkibida esa Alfons Devis hamda Harri Keyn raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Bavariya» o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobida yakunlandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar