Bugun
45
O'zbek

Arteta: «Bu jamoamiz ko‘rsatgan eng yuqori saviyadagi o‘yinlardan biri bo‘ldi»

Futbol
21 oktabr, 23:30
«Arsenal» bosh murabbiyi «Bavariya» bilan qayd etilgan durang haqida gapirib o‘tdi.
Arteta: «Bu jamoamiz ko‘rsatgan eng yuqori saviyadagi o‘yinlardan biri bo‘ldi»
Foto: Getty Images
21.10.2026 FT Chempionlar ligasi Bavariya Bavariya 2 : 2 Arsenal Arsenal

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turi doirasida «Bavariya» bilan qayd etilgan 2:2 hisobidagi durang haqida gapirib o‘tdi.

«Bu jamoamiz ko‘rsatgan eng yuqori saviyadagi o‘yinlardan biri bo‘ldi. Ikki jamoa ham pressing qilishga va hujumkor futbol o‘ynashga intildi. Juda qiziqarli bahs bo‘ldi.

O‘yinni ajoyib boshlab, raqib ustidan ustunlik qildik. Sakasiz harakat qilishga moslashishimizga to‘g‘ri keldi. Ikkinchi bo‘limda bahs tenglashdi, raqib gollar urdi, biz esa javob qaytardik. G‘alaba qozonish imkoniyatimiz ham bo‘ldi. Bu haqiqiy yuqori saviyadagi futbol edi», — dedi Arteta.

Saka jarohati haqida esa murabbiy: «Biroz xavotirdamiz. Futbolchi kuchli og‘riq tufayli maydonni tark etishga majbur bo‘lsa, bu doim yomon. Endi vaziyatni kuzatishimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar