«Bornmut» hujumchisi Evanilsonga Angliya Premyer-ligasining ikki yetakchi klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Arsenal» va «Manchester Yunayted» jamoalari 27 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogarga aylandi.
Qayd etilishicha, ikkala jamoa ham futbolchi bo‘yicha rasmiy ma’lumot so‘rab, «Bornmut» bilan aloqaga chiqqan.
Shu bilan birga, «Bornmut» hozircha Evanilsonni sotish tarafdori emasligi ta’kidlanmoqda. Klub rahbariyati uning transferidan kamida 65 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt portalida hujumchining bozor qiymati 35 million yevro etib ko‘rsatilgan.
Bu mavsumda Evanilson klub safida barcha turnirlar doirasida to‘qqiz o‘yinda maydonga tushdi, uch bor gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.