Bugun
38
O'zbek

Ronaldu jarohat olgan Kvaratsxeliyaga dalda berdi

Futbol
21 oktabr, 10:53
    10
Avvalroq Xvicha xochsimon bog‘lamini uzib olgandi.
Ronaldu jarohat olgan Kvaratsxeliyaga dalda berdi
Фото: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu og‘ir jarohat olgan «PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliyani qo‘llab-quvvatlab, unga dalda berdi.

«Futboldagi eng og‘ir kurashlar ko‘pincha hech kim ko‘rmaydigan kurashlardir. Bu hissiyotni bilaman, Kvara. Ammo seni bugungi darajaga olib kelgan narsalarni hech qachon unutma va qiyin damlar hali nimalarga qodir ekaningga shubha uyg‘otishiga yo‘l qo‘yma. Ichingdagi olovni saqlab qol. Eng yaxshi kunlaring hali oldinda», — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Kvaratsxeliya «Barselona»ga qarshi (4:2) o‘yinda o‘ng tizzasining oldingi xochsimon bog‘lamini uzib olgan. Parij klubi xabar berishicha, gruziyalik futbolchi uchun jarrohlik amaliyoti zarur. U katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar