O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov xizmat safari bilan Ispaniyaga tashrif buyurib, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining futzal yo‘nalishi rahbariyati bilan uchrashdi.
O‘FF matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuv davomida Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining futzal departamenti rahbari, mamlakat jamoasining sobiq darvozaboni Paco Sedano, Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Fede Vidal hamda boshqa rasmiylar O‘zbekiston delegatsiyasini Ispaniyadagi futbol va futzal infratuzilmasi, mutaxassislar faoliyati, shuningdek, sportchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Muzokaralarda ikki federatsiya o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, tajriba almashish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, ayni paytda Ispaniyada davolanish jarayonini davom ettirayotgan Xose Mariya Mendes — Pulpis ham ishtirok etdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ikkita muhim yo‘nalish bo‘yicha kelishuvga erishdi:
O‘zbekiston milliy terma jamoalari murabbiylari uchun Ispaniyada malaka oshirish va amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish;
2027-yilda O‘zbekiston va Ispaniya milliy futzal jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘FF prezidenti Ispaniya futzal rahbari bilan uchrashdi
Boshqalar
21 oktabr, 11:16
Muzokaralar yakunida tomonlar ikkita muhim yo‘nalish bo‘yicha kelishuvga erishdi:
Фото: Ўзбекистон футзали