Londonning «Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Roberto De Zerbi jamoa himoyachisi Tosin Adarabioyo haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. APL 7-turi doirasida «Koventri»ga qarshi (3:1) bahsda u birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.
«Tosin uchun xursandman, sababi u o‘ynashga munosib futbolchi. Shu bilan birga u ajoyib inson. Bu juda muhim, jamoadagi ichki muhit uchun bu o‘ta muhim faktor», — deya De Zerbi so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Geri Uord.
Murabbiy shu bilan birga Senesini ham e’tirof etib o‘tdi. Himoyachi «Manchester Yunayted»ga qarshi (1:1) yaxshi o‘yin o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Tosin barcha musobaqalarni inobatga olganda 3 ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlar amalga oshirib ulgurgani yo‘q.
Yetti turdan keyin 6 ochko jamg‘argan «Tottenhem» Premer-liga jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.