Live
1
O'zbek

Lempard: «Oxirgi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol ortiqcha bo‘ldi»

Futbol
19 oktabr, 23:25
    3
«Koventri» bosh murabbiyi «Tottenhem»ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Lempard: «Oxirgi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol ortiqcha bo‘ldi»
Foto: Getty Images
19.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Tottenhem Tottenhem 3 : 1 Koventri Siti Koventri Siti

«Koventri» bosh murabbiyi Frenk Lempard APL 7-turi doirasida «Tottenhem»ga qarshi kechgan o‘yindan (1:3) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Osmonranglilar» ikkinchi bo‘lim boshida hisobni tenglashtirdi. Biroq ko‘p o‘tmay «taqachilar» yana hisobda oldinga chiqdi, qo‘shib berilgan daqiqalarda esa mavsumdagi ilk g‘alabasini uchinchi gol bilan mustahkamladi.

«Jamoamizning o‘yinidan juda mamnunman. Yumshoq qilib aytganda, biz bahsda munosib ishtirok etdik. «Tottenhem» ikkita ajoyib gol urdi. Ikkinchi golda yuzga qo‘l bilan zarba berilgani uchun bahsli vaziyat yuzaga keldi, ammo ijro juda yaxshi bo‘ldi.

Jamoamning o‘yinidan faxrlanaman. Oxirgi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol ortiqcha bo‘ldi. Yaxshi imkoniyatlarimiz ham bor edi», — dedi Lempard BBC’ga bergan intervyusida.

«Koventri» olti ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘rinda. Xuddi shuncha ochko to‘plagan «Tottenhem» esa bir pog‘ona yuqorida joylashgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar